Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida joriy yilda Toshkent shahrida, keyingi yilda Xivada Xalqaro gastronomik festivallar o‘tkazish, 300 turdan ziyod taomlarga ega milliy oshxonamizni butun dunyoga targ‘ib qilish muhimligi qayd etildi.

Mutasaddi vazirlik va idoralarga elektron viza tizimini yanada takomillashtirib, mobil ilovani ham ishga tushirish topshirildi.

Umuman, tarmoq va hududlar rahbarlari joriy yilda 11 million xorijiy sayyohni olib kelish va turizm eksportini 2,5 milliard dollarga yetkazish uchun mas’ul va javobgar bo‘lishi belgilandi.

O‘zA