Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizda o‘tkaziladigan festivallar kalendar-rejasini takomillashtirish, chet ellik mashhur ijrochilar konsertini o‘tkazishga talablarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, mutasaddilarga qo‘shni davlatlardagi hamkasblari bilan chegaradan o‘tishni yana yengil qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazish topshirildi.
Eng muhim masalalardan biri – sayyohlar mahalliy reyslarga samolyot va poyezd uchun ikki oy uyoqda tursin, yarim yil oldin chipta olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Mutasaddilarga barcha qatnovlar haqida ma’lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platformani ishga tushirish topshirildi. Bunda chiptalarni tabaqalashgan narxda kamida olti oy oldin savdoga chiqarish tizimi joriy qilinadi.
O‘zA