Mamlakatimizdagi 86 ta sanatoriy va tibbiy muassasalarda o‘tgan yili 60 mingdan ziyod xorijiy turist davolandi. Bu ko‘rsatkichni yanada oshirish mumkin.
Oxirgi besh yilda xususiy klinikalar karrasiga ko‘paygani bilan atigi 2 tasi xalqaro sertifikat olgan. Oqibatda chet eldan davolanishga kelganlar ulushi pastligicha qolmoqda.
Tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmini uyg‘unlikda rivojlantirish bo‘yicha yaxlit yondashuv yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi boshlanishi e’lon qilindi.
Endilikda xususiy klinikalarning xalqaro standart olish, xorijiy ko‘rgazmada qatnashish xarajatlari byudjetdan qoplanadi. Klinikalarga kelgan chet elliklar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor masalalar yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
O‘zA