Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi va sohadagi tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazilmoqda.
Yoz kunlarida akvapark va basseynlarga talab oshishi tabiiy. Lekin turistlar uchun “magnit” bo‘ladigan birorta zamonaviy akvapark yo‘qligi qayd etildi.
Yana bir masala – tabiiy ko‘llar atrofidagi turizm imkoniyatlari ham ishga solinmayapti.
Mutasaddilarga akvapark va basseynlar tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ko‘paytirish, ko‘llar bo‘yicha master reja ishlab chiqib, atrofini lotlarga bo‘lib, tadbirkorlarga taklif etish topshirildi.
O‘zA