Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston-Turkiya to‘qimachilik biznes- forumi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Turkiya eksportchilar uyushmasi kabi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda 100 nafarga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda.

Tomonlarning ushbu uchrashuvi to‘qimachilik sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va kelgusi rejalarni ishlab chiqishga katta imkoniyat yaratib berishi qayd etildi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda Turkiya sarmoyasi ishtirokida 100 ta korxona faoliyat ko‘rsatadi. Ularning eksport qiymati 500 million dollarni tashkil etadi.

Forum davomida o‘zbek va turk ishbilarmon doira vakillarining B2B uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi.

Ertaga, ya’ni 4 iyun kuni ishtirokchilar qator korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishadi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA