Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanida Turizm klasteri tashkil qilinadi

275

Shahrisabz shahri – Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 2024 yildagi turizm poytaxti deb e’lon qilingan. Shu bois hukumat oldiga Shahrisabzda turizmni rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar qo‘yildi.

Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanida Turizm klasteri tashkil qilinadi. Hisorak – G‘elon va Hisorak – Sarchashma yo‘li ikki tasmali qilib ta’mirlanadi. 

Chiroqchi – Sho‘rquduq avtomobil yo‘lining 30 kilometri ta’mirlanib, Samarqanddan Shahrisabzga qatnov vaqti qisqaradi. Natijada Shahrisabzga ko‘proq sayyohni jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor masalalar yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

O‘zA