Turizm kabi yangi ish o‘rni yaratadigan, investitsiya va eksportni ko‘paytiradigan sohalarni qo‘llab-quvvatlash zarur, Prezident

239

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi va sohadagi tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi.

Davlatimiz rahbari hozirgi murakkab geosiyosiy va iqtisodiy vaziyatda turizm kabi yangi ish o‘rni yaratadigan, investitsiya va eksportni ko‘paytiradigan sohalarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.

Mamlakatimiz turizm sohasida ana shunday ishga solinmagan salohiyat borligi, kuni-kecha Islom hamkorlik tashkiloti Turizm kengashiga raislik qilish vakolati O‘zbekistonga o‘tgani ham katta imkoniyat ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilar va hokimlar sohadagi tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan muammolarni, fikr va takliflarini o‘rganishi, ular bilan bamaslahat ish tutishi muhimligi ta’kidlandi.

O‘zA