Mutasaddilarga aholi bandligini oshiradigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berildi

297

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

“Buxoro Agro” klasteri esa 14 ta mahallada kasanachilik asosida 1 ming nafar ayolni ishli qilish tashabbusini bildirgan.

“G‘ijduvon Mashhurasi” korxonasi toshdan mramor qoplamalari chiqarib, Fransiyaga eksport qilmoqda. Tadbirkor ishlab chiqarishni kengaytirish niyatida.

“Do‘stlik Omad Baraka Fayz” va “Buxoro Don Zaxira Invest” korxonalari yirik chorva komplekslarini ishga tushirmoqchi.

Mutasaddilarga aholi bandligini oshiradigan bunday loyihalarni keng qo‘llab-quvvatlash, zarur ko‘makni ko‘rsatishga topshiriq berildi.

O‘zA