Shuningdek, G‘ijduvonda bu yil 3 mingga yaqin yoshlar maktabni bitirmoqda va 800 nafari oliygohga kirmasdan, kasbga o‘qish istagini bildirgan.

Viloyatdagi eng yirik to‘qimachilik korxonalaridan biri – “Parvoz humo” korxonasi matoni bo‘yash va tayyor kiyim-kechak sexlarini ishga tushirmoqda.

Tadbirkor 10-11-sinf va kollej o‘quvchilariga darsdan so‘ng kasb o‘rgatib, 2 million so‘mgacha oylik to‘lash, bepul tushlik va tekin avtobus bilan ta’minlash taklifini bildirgan.

Bundan tashqari, tadbirkor tumandagi 2-son kasb-hunar kollejiga korxona sexlaridan “amaliy monomarkaz” sifatida foydalanishga, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti kafedrasini korxona hududida joylashtirib, ham o‘qituvchilarga, ham talabalarga sharoit qilib berishga tayyor.

Davlatimiz rahbari tadbirkorning barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

O‘zA