Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlandi.
Lekin, 100 dan ortiq sanoat mahsulotlari xonadonlarda biznes kattalashmaydigan, “yashirin” sharoitda ishlab chiqarilmoqda. Bu oilalar “soya”dan chiqishi uchun uyiga uzoq bo‘lmagan hududdan joy, elektr va mablag‘dan yordam kerak.
Mutasaddilarga 20 ta mahalladagi bo‘sh yerda ishlab chiqarish inshootlarini qurib, 400 ta oilaga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish va 2 ming ish o‘rnini rasmiylashtirish topshirildi.
Shuningdek, soyadan chiqib ishlamoqchi bo‘lgan oilalarga 100 million so‘mgacha kreditlar beriladi. Bu tadbirkorlar ish o‘rni va aylanmasini qonuniylashtirgani uchun ularning bir yilda to‘lagan soliqlarining yarmi qaytarib beriladi.
Bunday ishlash tartibi G‘ijduvon tajribasi bo‘lishi belgilandi.
O‘zA