Neft-kimyo klasteri ishga tushirilsa viloyat sanoati uchun 4,5 trillion so‘mlik qo‘shilgan qiymat yaratiladi

216

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Shuningdek, viloyatda elektrotexnika, zargarlik, qurilish materiallari, konchilik, yo‘l qurilishi, mehmonxona sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarni tezlashtirish, investorlarga har tomonlama ko‘maklashish zarurligi qayd etildi.

Buxoro tumanida qurilishi boshlangan neft-kimyo klasteri ishga tushirilsa:

– import bo‘layotgan benzol, olefin, aromatik uglevodorod, naftadan pentan va geksan eritgichlari ishlab chiqariladi;

– viloyat sanoatiga 4,5 trillion so‘mlik qo‘shilgan qiymat va 600 ta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi;

– eksport 130 million dollarga oshib,  yiliga 300 milliard so‘m soliq tushumi paydo bo‘ladi.

O‘zA