Moskva shahrida armiya va politsiya xodimlari o‘rtasida dzyudo bo‘yicha xalqaro turnir tashkil etildi.

Mazkur musobaqa xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan osoyishtalik posbonlari xotirasiga bag‘ishlandi. Unda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi dzyudo terma jamoasi vakillari barcha raqiblarini dog‘da qoldirib, ketma-ket ikkinchi marotaba shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turnir o‘n sakkizinchi marotaba o‘tkazildi. Ushbu musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon davlatidan jami 14 jamoa ishtirok etdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA