Yevropa parlamentiga saylovda Gretsiyaning 200 mingdan ortiq fuqarosi ishtirok etadi. Shu bilan birga ayrim saylovchilar birinchi marta pochta orqali ovoz berish huquqidan foydalanishi mumkin. “Kazinform” shu haqda yozgan.
Gretsiya matbuotida bu tashabbusni o‘tgan yil oxirida Bosh vazir Kiriakis Mitsotakis ilgari surgani aytilgan.
Innovatsiya samarsi o‘laroq, mamlakatidan tashqarida yashab, ishlayotgan greklar uchun ovoz berish endi oson kechadi. Gretsiya fuqarolari taxminan 120 mamlakatdan pochta orqali saylov byulletenini yuborishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Yevroparlamentga saylov 6-9 iyun kunlari YeIga a’zo 27 davlatda o‘tkaziladi.