Sharof Rashidov haqidagi film London kinofestivalida taqdirlandi
359

Joriy yilning 24—28 may kunlari Londonda (ECG Film Festival) oltinchi Britaniya xalqaro kinoforumi o‘tib o‘tdi.
Mazkur xalqaro kinoforumda «O‘zbekiston tarixi» telekanali direktori Shuhrat Hayitovning «Sharaf Rashidov-the Inspirer for the Development of Mirzachul (Sharof Rashidov – Mirzacho‘l rivojlanishining ilhomlantiruvchisi)» nomli xronikal hujjatli filmi g‘olib deb topilib, maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi.
Qayd etish joizki, ushbu film 30 ga yaqin mamlakatdan yuzlab kino filmlar orasidan eng munosibi deb topildi.
Mazkur filmda taniqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidovning tarjimai holi, jumladan, uning Mirzacho‘lni o‘zlashtirishdagi jasorati, mamlakat qishloq ho‘jaligining tanglik holatidan olib chiqishdagi o‘rni, irrigatsiya, milioratsiya va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyati yoritilgan.
O‘zA