AQSH Senati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

210

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida quyi palata Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev ishtirokida AQSH Senatining Tashqi aloqalar qo‘mitasi a’zolari – qo‘mita Devoni rahbari o‘rinbosari Endi Olson va katta referenti Hanna Tobern bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda parlamentlararo aloqalar, ikki mamlakat hamkorligi rivojida parlamentlarning o‘rni haqida fikr almashildi.

Muloqotda O‘zbekiston-AQSH munosabatlari haqida so‘z borar ekan, o‘zaro aloqalarni IT-texnologiyalari, mehnat migratsiyasi, tog‘-kon geologiya kabi sohalarda yangi qo‘shma loyihalar bilan boyitish mumkinligi qayd etildi.

Ikki mamlakat savdo aloqalariga AQSHning “Savdo to‘g‘risida”gi qonuniga 1974 yili kiritilgan “Jekson-Venik” tuzatishi salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, uni bekor qilish zarurligi muhokama qilindi.

Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida parlamentlararo aloqalarni kengaytirishga kelishib olindi.

 

M.Komilova,

O‘zA