Axborot xizmatlari milliy manfaatlarimizning himoyachisi bo‘lmog‘i zarur

243

Poytaxtimizda davom etayotgan “Axborot xizmatlari – 2024: milliy va xorijiy tajriba” qo‘shma o‘quv-seminari doirasida tashkil etilgan media-treningda ushbu mavzu atroflicha muhokama qilindi.

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruv kengashi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘z nutqida mediamakon tushunchasi, turkiy xalqlar mafkurasi, axborot xizmati duch keladigan muammolar haqida fikr-mulohazalarini batafsil bildirdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbuslar asosida milliy kontentni yaratish va ko‘paytirish borasida amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti prorektori, professor Nozima Murodova axborot xizmatlarining mediasavodxonlik targ‘ibotida alohida ahamiyatini ta’kidlab, matbuot kotiblari hamda OAV vakillarining feyk xabar va dezinformatsiyalarni farqlashda e’tibor qaratishlari lozim bo‘lgan jihatlar xususida atroflicha  to‘xtaldi.

Media-treninglar inqirozli kommunikatsiya mavzusida davom etadi.

 

N.Usmonova,  

O‘zA