Hindistonda issiq havo rekordi qayd etildi. Bu haqda mamlakat meteorologiya departamenti ma’lum qildi.

Mungeshpur va Narela tumanlarida harorat Selsiy bo‘yicha +49,9 darajaga yetgan. Bu me’yordan 9 daraja yuqori hisoblanadi. Najafgarxeda harorat o‘lchagich +49,8 ni qayd etdi.

Avvalgi eng yuqori harorat Dehlida 2022 yil 15-16 may kunlari kuzatilgan – 49,2 daraja issiq.

Darvoqe, Hindistonda eng jazirama hudud Rajastxondagi Churu shahri hisoblanadi. Bu yerda seshanba kuni harorat +50,5 darajaga chiqqan. 2016 yil shtatning boshqa bir shahri – Pxalodida harorat +51,5 darajaga ko‘tarilgan.

Hukumat odamlarga quyosh taftida turib qolmaslik, rangli kiyim kiyishni maslahat bermoqda. Axborotda aytilishicha, 1 martdan buyon mamlakatda jami 16 ming kishini issiq urgan, 60 holat o‘lim bilan yakunlangan.