Rossiya – O‘zbekiston: Rektorlar anjumanida 20 dan ortiq shartnoma tuzildi
241
O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika oliy o‘quv yurtlari rektorlari anjumani doirasida yigirmadan ortiq shartnoma imzolandi. Bu haqda “Russkiy mir” nashri yozgan.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlatning o‘ttizdan ziyod oliy o‘quv yurti vakillari – 100 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etdi.
Anjuman oliy texnika ta’limini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishga qaratildi. Konferensiya doirasida qabul qilingan hujjatlar Rossiyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik ko‘lamini kengaytirishni nazarda tutadi.
Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasev ishtirokchilarga murojaat qilarkan, ayni payt mamlakatning texnologik suverenitetga erishishini ta’minlashga qaratilgan qator yirik loyihalar amalga oshirilayotgani, ekspertlar bu boradagi ishlanmalar bilan o‘zbekistonlik hamkasblarni tanishtirishga tayyorligini ta’kidladi.
Muharrama Pirmatova,
O‘zA