Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Olimpiya sikli yakunlariga ko‘ra, «Parij-2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Akbar Jo‘rayev hamda Rigina Adashbayeva musobaqa ishtirokchilari qatoridan joy oldi. Unga ko‘ra, A.Jo‘rayev -102 kg, R.Adashbayeva esa -81 kg vazn toifasidagi bahslarda Olimpiada medallari uchun kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Akbar Jo‘rayev 109 kilogrammgacha vazn toifasida «Tokio-2020» Olimpiya o‘yinlari, 2021-2023 yilgi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA