Yaponiyadagi jahon chempionatining ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash dasturida startga chiqqan hamyurtimiz Asila Mirzayorova 5.18 metr natija qayd etib, jahon chempionati rekordini o‘rnatdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish lozimki, bu borada avvalgi rekord ham aynan Asilaning o‘ziga tegishli edi. Vakilimiz 2023-yil Parijda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 5.18 metr natija ko‘rsatib, oltin medal va «Parij-2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri litsenziyaga ega chiqqan edi.

Bugungi bellashuvlardan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallab turibdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA