Bunyod Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligiga matbuot kotibi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Abdulayev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

 

O‘zA