Qozog‘istonning Aktau shahrida sambo bo‘yicha kadetlar, o‘smirlar, yoshlar va sport ustalari o‘rtasida Osiyo-Okeaniya chempionati vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Chempionatda Jasur Bekturdiyev, Shahzoda Isoqboyeva va Zafarjon Toshtemirov kabi sambochilarimiz o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalga qadar o‘tkazilgan janglarda A’zam Mahmudov, Zohid Shomurodov, Feruza Boboqulova, Abdulloh Rahmonov, Asal Shavkatova, Umida Sa’dullayeva, Nazlimaxon Neitbayeva va Yersultan Tolibboyev zafar quchib, musobaqa kumush medaliga ega chiqdi. Shuningdek, Shahzoda Do‘schanova, Laysan Sagadiyeva, Sayyod Husenov, Aynura Userbayeva, Ruslana Temirova, Yahyo Haydarov hamda Ulug‘bek Muhammadiyev terma jamoamiz hisobiga bronza medalini keltirdi.
Shu tariqa, musobaqaning uchinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza medaliga ega chiqdi. Hozirda sambochilarimiz o‘tgan uch kun mobaynida 13 oltin, 18 kumush, 19 bronza jami 50 ta medal jamg‘ardi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA