Qozog‘istonda o‘tayotgan sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida sportchilarimiz 6 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Zebiniso Amrullayeva, Iroda Tohirova, Mohinur Aralova, Nafisa Asomiddinova, Ozodbek Atoyev va Akbarali Sa’dullayev o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Dilmurod Do‘stmurodov, Maqsadbek Komilov, Davlat Kozimov, Gulasal Obloqulova hamda Asemay Kalillayeva kumush, Matluba Ataniyazova, Bobir Yangiboyev, Xo‘jaqul Ergashev, Barno Janazarova, Ramazon Bozorov, Baxtiyor Nurullayev va Vladislav Buligin bronza medali bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, chempionatning dastlabki kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medaliga ega chiqqan edi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA