Bugun, 14 may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

— “Xitoy haqidagi eng yaxshi reportaj uchun” nominatsiyasi g‘olibi –Xitoyning “CGTN Russkiy” va Ozarbayjonning “CBC” telekanallarining O‘zbekistondagi maxsus muxbiri Barchinoy Jurayeva.

— “O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik yoritilgan eng yaxshi kontent uchun” nominatsiyasi g‘olibi – “O‘zbekiston” jurnali bosh muharriri Asadbek Bobojanov.

—  ”O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning yanada kengayishini ta’minlashga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi g‘olibi – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi yetakchi muharriri Behruz Xudoyberdiyev.

“Yoshlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

— “Yoshlar ovozi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi (gazeta bosh muharriri Hamza Abdullayev)

“Ma’naviyatni yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ulari targ‘ib etilgan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

— Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi ikkinchi darajali muharriri Shohsanam Komilova.

“Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

— “Yangi O‘zbekiston” gazetasi muxbiri Gulchehra Durdiyeva.

“Davlat tilini rivojlantirishga bag‘ishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov.

“Milliy urf-odat va an’analarimiz aks etgan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

— “Jizzax ovozi” gazetasi tahririyati jamoasi (gazeta bosh muharriri Said Donishev).

“Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

— “Hurriyat” gazetasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha muxbiri Safar Omonqulov.

“Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

— “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari muxbiri Oksana Kadыsheva .

“Vatanimiz tarixiga bag‘ishlangan eng yaxshi ko‘rsatuvlar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

— “O‘zbekiston tarixi” telekanali katta muharriri Dilbar Qosimova.

“Inson huquqlari va ijtimoiy hayotimiz bilan bog‘liq dolzarb mavzulardagi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

— “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati ijodiy jamoasi (jurnal bosh muharriri Erkin Ernazarov).

“Eng yaxshi fotoreportaj uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

— Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi media markazi bosh mutaxassisi Muhiddin Alimbayev.

— “Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

— Mualliflar jamoasi  (Oybek Sultonov).

“Eng faol tele va radio boshlovchi” nominatsiyasi g‘olibi:

 “O‘zbekiston” teleradiokanali katta muharriri Surayyo Mansurova.

Tanlovning bosma nashrlar yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:

1-o‘rin — “Jadid” gazetasi bo‘lim mudiri Shoyim Bo‘tayev.

2-o‘rin — “Narodnoye slovo” gazetasi mas’ul kotibi Nurlan Usmonov.

3-o‘rin — “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalilov.

Tanlovning internet nashrlari yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:

1-o‘rin — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi markaz boshlig‘i o‘rinbosari Ikrom Avvalboyev.

2-o‘rin — “Kun.uz” veb-sayti muharriri va maxsus muxbiri Shuhrat Shokirjonov.

3-o‘rin — “Dunyo” AA tahririyati xizmat boshlig‘i Nargis Saidaliyeva.

Tanlovning radio yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:

1-o‘rin — “Mahalla” radiokanali “Ma’naviy-ma’rifiy, ko‘ngilochar va musiqiy dasturlar” muharririyatining bo‘lim mudiri Umida G‘afforova.

2-o‘rin — “Qoraqalpog‘iston” radiokanali “Jamiyat-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari” bosh muharririyati muharriri Qundыz Jumag‘aliyeva.

3-o‘rin — “O‘zbekiston 24” teleradiokanali katta muharriri Shoira Umrzoqova.

Tanlovning televideniye yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblari:

1-o‘rin — “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi muxbiri Elyor Go‘ro‘g‘liyev.

2-o‘rin — “O‘zarxiv” agentligi matbuot kotibi, “Arxivarius” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Anvarjon Aliyev.

3-o‘rin — “Renessans TV” telekanali bosh muharriri Jasur Rahmon.

Tanlovning “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston  haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi g‘oliblari:

1-o‘rin — Tojikiston maorif vazirligining O‘zbek tili hay’ati rahbari, Tojikistonda o‘zbek tilida chop etiladigan “Ustoz”, “O‘quvchilar”, “Sirdosh” gazetalari va “Kichkintoy” jurnali rahbari Sulaymon Ermatov.

2-o‘rin — “TASS” axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri Valeriy Biryukov (Rossiya Federatsiyasi).

2-o‘rin — “The Economic Times” gazetasining diplomatik muharriri Dipanjan Roy Chaudhuri (Hindiston).

2-o‘rin — “The Hill” gazetasining jamoatchi muxbiri Jeyms Durso (AQSH).

2-o‘rin — “Euronews” telekanali muxbiri Galina Polonskaya (Fransiya).

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari g‘oliblari:

— Xalqaro press-klub muxbiri Umid Pirboyev.

— Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati (Axborot xizmati boshlig‘i Bobur Tulyaganov).

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning Bosh milliy mukofoti g‘olibi:

— “UzReport TV” telekanali jamoasi (telekanal direktori Ravshan Jo‘rayev).

O‘zA