O‘zbekiston TIV rahbari BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
184
TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov “Osiyo xotin-qizlar forumi”da ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, Ayollar tashkiloti ijrochi direktori Sima Sami Iskandar Boxus xonim bilan uchrashdi.
Vazir yuqori martabali mehmonning mamlakatimizda ayollar va qizlar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga qaratilgan islohotlarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelayotgani O‘zbekiston tomonidan qadrlanishini bildirdi.
Gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar huquqi va imkoniyatini kengaytirishga ko‘maklashish, jamiyatda ularning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish hukumatimizning uzoq muddatli farovonlikka erishish yo‘lidagi ustuvor vazifasi ekani ta’kidlandi.