Yaponiyaning “Takeda Pharmaceutical” farmatsevtika firmasi Shveysariyaning dori-darmon ishlab chiqaruvchi “AC Immune” kompaniyasi bilan Alsgeymer kasalligiga qarshi vaksina yaratish to‘g‘risida 2,2 milliard dollarlik shartnoma imzoladi.

Kelishuv shartiga ko‘ra, “AC Immune” dastlab 100 million dollar, keyinchalik, ishlanma barcha bosqichdan o‘tgach, yana 2,1 milliard dollar oladi.

Ta’kidlanishicha, “Takeda” Alsgeymer xastaligi rivojlanishini to‘xtatib turish uchun ilk bor yaratilayotgan faol immunoterapiya litsenziyasiga egalik huquqini rasmiylashtiradi.