Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda “Bes tobe” YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Fuqaro U.M. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, haydovchi jami 690 dona “Qaratau” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini Qo‘ng‘irot tumaniga o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri