Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘basi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruvdagi avtotransport vositalarini topish ishlari amalga oshirilmoqda.

Majburiy ijro byurosi markaziy boshqaruv bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 2023-yil 26-maydagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Yu.A.dan davlat foydasiga 115,8 milliard so‘m undirish belgilangan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorning nomida Cobalt rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlangan. Ushbu avtomashina qarzdor yashayotgan manzilda yo‘qligi sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘basi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 30-aprel kuni o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlardan birida qarzdorga tegishli avtomashina Nukus shahridan topilib, jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri.