FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Zukko kitobxon” tanlovining navbatdagi hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi.

Har oyda bir marotaba o‘tkazilib kelinayotgan “Zukko kitobxon” tanlovi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni egallagan To‘rtko‘l tumani jamoasiga 6 million 600 ming so‘m pul mukofoti topshirildi. Amudaryo tumani yoshlari ikkinchi hamda Bo‘zatov tumani kitobxonlari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Amudaryo tumani vakillariga 4 million 800 ming so‘m va bo‘zatovlik kitobxonlarga 3 million 600 ming so‘m miqdorida pul mukofoti topshirildi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA