amiyatTanlash

Ro‘yxatdan o‘ting
13:06 / 09.05.2024

Yillar o‘tsa-da, ushbu kunning ahamiyati hech qachon susaymaydi, bu kun hammamiz uchun jasorat, iftixor va mangu xotira ramzi bo‘lib qolaveradi.

Urushning zalvorli musibatlarini boshidan kechirgan, bugun yonimizda ushbu kunning shukuhini biz bilan bo‘lishayotgan barcha insonlarga ta’zimdamiz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati B.Sidiqov,  Nukus shahar Kengashi deputati I.Quttimuratova, O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlari 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 79-yilligi  munosabati bilan  Nukus shahridagi “Amudaryo” mahalla fuqarolar yig‘inida  istiqomat  qiluvchi,  bugun yaqinlari ardog‘ida 99 yoshni qarshi olgan, jasorati o‘rnak bo‘ladigan Qadirbay ota Narmanovni  yo‘qlab bordi.

Faxriy ota bilan suhbatlashar ekansiz, ko‘z oldida o‘sha dahshatli urushning qiyofasi gavdalanadi. Otaxon urush yillarini eslab, ko‘ziga yosh oldi.

–9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan bizga ko‘rsatilayotgan bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlikdan juda mamnunmiz. Ilohim, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin, – deydi  Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qadirbay ota Narmanov.

Otaxon bugungi dorilomon kunlarga yetkazganiga shukrona aytib, qo‘llarini duoga ochadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri