XXR Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi. Tashrif dasturiga muvofiq, hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Xitoy hukumatlararo qo‘mitasi 7-yig‘ilishida ishtirok etish, Toshkent shahri, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi qator sanoat ob’ektlari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 61 yoshli bu siyosatchi 2022 yil oktyabr oyida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zoligiga saylangan. 2023 yil 12 mart kuni esa u Butunxitoy xalq vakillari kengashi 1-sessiyasi 5-yalpi majlisida Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari etib tasdiqlandi.

“Sinxua” xabariga ko‘ra, Lyu Gochjun 12-20 may kunlariga belgilangan safari davomida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda bo‘ladi.

O‘zA