Poytaxtimizning markaziy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tdi.

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) – O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar ko‘chasi) – “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi (O‘zbekiston shohko‘chasi va Furqat ko‘chasi) – Magic City maydoni (Furqat ko‘chasi) yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan harbiy bo‘linmalarning Magic City maydonidagi to‘xtash nuqtasida faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etildi.

Rustam NAZARMATOV (surat), O‘zA