“Parij-2024” Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan futbolchilarimiz yurtimizga qaytib keldi

340

FOTOREPORTAJ

Qatarda yashil maydonlarida o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan  futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida munosib ishtirok etib, birinchi bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “Toshkent-3” mahalliy aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Kutib olish marosimida Prezident Administratsiyasi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddi rahbarlari, ota-onalar va futbolchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA