Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘zining aprel oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda 8 nafar bokschimiz o‘rin oldi.

Jumladan, super yarim o‘rta vazn chempioni Isroil Madrimov o‘z o‘rnini uzoq vaqt saqlab turadigan bo‘ldi. Shuningdek, Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vaznda, Hasanboy Do‘smatov minimal vaznda hamda Murodjon Ahmadaliyev birinchi yarim yengil vaznda o‘tgan oydagi kabi birinchi pog‘onada qoldi.

Reytingga ko‘ra, Otabek Xolmatov yarim yengil vaznda 3-o‘rin, Bektemir Meliqo‘ziyev esa super o‘rta vaznda 4-o‘rindan joy oldi. Muhammad Shexov birinchi yarim yengil vazn toifasida, Botir Ahmedov super yengil vaznda 9-o‘rinni egalladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA