Gruziya parlamenti yuridik qo‘mitasi xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatladi.

Qonun chiqaruvchi organ saytida namoyish qilingan ovoz berish chog‘i deputatlar orasida dahanaki janjal kelib chiqqan. Natijada qo‘mita raisi Anri Oxanashvili 14 muxolifatchini majlis zalidan chiqarib yuborgan. Avvalroq mamlakat parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi hujjat loyihasini birinchi o‘qishdayoq qabul qilgan edi. Ayni dam Tbilisida ushbu qonun joriy etilishiga qarshi narozilik chiqishlari to‘xtamayapti. Endi loyiha yalpi majlisda ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilishi kerak.