Joriy yilning 23-aprel kuni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Buyuk Britaniyaning “NEU Professionals” rekruting agentligi vakillari hamda tashkilotchilar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Buyuk Britaniya davlati cheklanmagan miqdorda tibbiyot xodimlarini ishga taklif qilayotgani, oylik maosh, alohida talablar, sharoitlar, imtihon va viza bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumot berildi.

M.Eshmirzayeva, A.Sodiqov, U.To‘xtayev (video), O‘zA