O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Namangan viloyati Uychi tumanidagi 6-son tergov hibsxonasi hududida bo‘sh turgan 0,7 ga yer maydonida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining o‘quv poligoni tashkil etiladi.

O‘quv poligonining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda departament tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini muntazam oshirib borish;

departament tezkor harakatlar otryadi bilan amaliy-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali xodimlarning jangovar shayligini oshirish;

departament tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nostandart vaziyatlarda xodimlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv yig‘inlari tashkil etish.

1. yil 31-dekabrga qadar o‘quv poligonini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi va 2025-yil 31-dekabrga qadar qurilish ishlari yakuniga yetkaziladi.

O‘zA