Amerika Qo‘shma Shtatlari Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan yordam paketini ma’qulladi va shu haftada Kiyevga yangi qurol-yarog‘ yetkazib berilishiga yo‘l ochdi. Demokratlar tomonidan nazorat qilinadigan Senat seshanba kuni kechqurun loyihani tasdiqlagan, endi unga Prezident Bayden imzo cheksa bo‘ldi.
95 milliard dollarlik paketdagi yordamning katta qismi qurollar yetishmasligi sabab chegarada rus qo‘shinlarini to‘xtatishga qiynalayotgan Ukrainaga qaratilgan.
Zelenskiy Ukrainaning artilleriya va havo mudofaasi adolatni tezroq tiklash uchun muhim vositaligini aytgan. Shuningdek, u imzolangan loyiha ortidan AQSHni demokratiya mayog‘i va dunyo liderlik rolini kuchaytirganligini qo‘shimcha qilgan.
Ushbu qonun loyihasi doirasida Ukrainaga 61 milliard dollar, Isroilga 26 milliard dollar, shuningdek, G‘azo, Sudan, va Gaitiga gumanitar yordamni o‘z ichiga oladi. Tayvanga harbiy yordam uchun 8 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ nazarda tutilgan.
S.Poyonov, O‘zA