FOTOREPORTAJ
Kecha Toshkent va Samarqand shaharlarida xokkey bo‘yicha U18 Osiyo va Okeaniya kubogi uchun musobaqalar start oldi.
Poytaxtimizdagi “Humo Arena” muz saroyida nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro xokkey federatsiyasi, mamlakat Sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari ishtirok etdilar. Shuningdek, Toshkentda o‘tayotgan xokkey uchrashuvlarida bahslashayotgan 5 ta jamoa vakillari jam bo‘lishdi.
Ochilish marosimidan so‘ng, Eron hamda O‘zbekiston terma jamoa vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Katta ustunlikka ega bo‘lgan vakillarimiz 19:0 hisobida raqiblarini dog‘da qoldirdi.
Navbatdagi uchrashuv ertaga, 25-aprel kuni O‘zbekiston U18 hamda Malayziya U 18 jamoasi vakillari bilan bo‘lib o‘tadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA