Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida vazirlik va idoralar matbuot kotiblari uchun seminar-trening tashkil etildi.
O‘quv-seminar doirasida o‘tkazilgan panel sessiyalarida respublika va hududlardagi axborot xizmatlarining o‘zaro hamkorligi, bu boradagi mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari, tashkilot imidjini yaratish, jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil qilishda rahbar va axborot xizmati hamkorligi mavzularida taqdimotlar, keng munozarali suhbatlar tashkil etildi.
Shuningdek, ishtirokchilar vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasidagi do‘stona munosabatni yanada mustahkamlash maqsadida “Zakovat Kuiz” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda respublikamizning har bir tashkilotidan yig‘ilgan matbuot kotiblari jamoalarga bo‘lingan holda o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.
Tadbir so‘ngida g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Uch kunlik konferensiya dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasining qadimiy manzillariga sayohat ham o‘rin oldi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA