O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi Muhammadali Iskandariy va attashesi bilan uchrashdi.

Tomonlar mamlakatimizda agrar  tizimda olib borilayotgan ishlar, xususan Kengash tizimidagi tashkilotlarning fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini har tomonlama qo‘llab – quvvatlash borasida bajaryotgan vazifalarini keng muhokama qildi. Shuningdek, Eron davlatining qishloq xo‘jaligi sohasida erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritilib, kelgusida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Xabaringiz bor, sal avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari Said Ali Xomaneiy bilan uchrashuvda O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va transport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan edi.

Eron davlatining agrar sohada bir qator, jumladan chorvachilik va  parrandachilik eksport va importlarini tashkil etish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsion texnologiyalarni o‘zbekistonda doimiy  tatbiq qilish, eronlik mutaxassislar ko‘magida o‘quv mahorat darslarini tashkil etish, o‘zbekistondan dukkakli – mosh, no‘xot, loviya eksporti, Eron davlatidan esa apelsin, mandarin, kivi hamda quruq mevalar va kartoshka, gazlanmagan sharbat importini tashkil etishga kelishib olingan.

Shu holatlarni hisobga olgan tarzda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. Xaitov va Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi M.Iskandariy uchrashuvida ko‘chatchilik va urug‘chilik borasida tajriba almashish,   chorva mollari uchun, istisoslashtirilgan chorva kompleksi va ozuqa bazasi infratuzilmalarini yaratish, kichik traktor, motokultivator va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari, quritish va sovitish uskunalarini olib kelishni tashkil etish, melioratsiya va irrigatsiya tizimlarini barpo etish, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini o‘rnatish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ikkala davlatning qishloq xo‘jaligiga mas’ul idralari o‘rtasida tajriba almashish, mutaxassislar malakalarini oshirish borasida amaliy safarlar tashkil etish,, Eron Islom Respublikasining fan va texnologiyalar  vazirligi tomonidan  Texron shahrida tashkil etiladigan “IRANLAB-2024»  xalqaro ko‘rgazmasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan  fermer, dehqon va soha faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni ishtiroki ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatishga kelishib olindi.

O‘zA