Tennis bo‘yicha Qozog‘istonda o‘tgan erkaklar o‘rtasidagi xalqaro musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Sergey musobaqaning ilk davrasida germaniyalik Nikolas Shellni 7:6, 6:3 hisobida yenggan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda neytral tennischi Maksim Jukovni 5:7, 6:1, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Tennischimiz chorak finalda yana bir neytral sportchi Savva Polukin bilan kuch sinashdi va uch set davom etgan bahsda 7:6, 3:6, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi. Yarim final bosqichida esa S.Fomin Yevgeniy Tyurnevni (neytral) 3:6, 7:6, 6:4 taslim qildi.

Yakkalik bahslarning so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida Sergey Fomin neytral tennischi Bekxan Atlangerovni birinchi setda tay-brekda, ikkinchi setda esa 6:2 hisobida mag‘lub etib, yakunda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA