FOTOREPORTAJ

45 mamlakatdan tashrif buyurgan havaskor va professional sportchilarni o‘zida jamlagan BYD Toshkent VI xalqaro marafonida  g‘oliblar nomi ma’lum bo‘ldi. 6000 nafarga yaqin ishtirokchini jamlagan ommaviy sport tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Tantanali ochilish marosimida Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakat yengil atletika va triatlon federatsiyalari va musobaqa tashkiliy qo‘mitasi rahbariyati, shuningdek, BYD LLC kompaniyasining yurtimizdagi vakili Ivan Kao ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar Toshkent xalqaro marafoni yildan yilga o‘z nufuzini mustahkamlab borayotgani, hamyurtlarimiz orasida ommaviy sportni targ‘ib qilishda muhim tadbirga aylangani haqida to‘xtaldi.

Shundan so‘ng poygalarga start berildi. Ishtirokchilar 3, 10 km, yarim marafon va marafon masofalariga yugurish bo‘yicha bellashdi. Yakunda hamyurtlarimiz orasida yarim marafon va marafon bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan Shohruh Davlatov va Yekaterina Tunguskova bosh sovrin – “BYD Song Pro” avtomobilini qo‘lga kiritdi. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

3 km, erkaklar:

1. Eldor Botirov (O‘zbekiston) – 08:05

2. Viktor Surenko (O‘zbekiston) – 08:21

3. Diyorbek Ahmedov(O‘zbekiston) – 08:24

Ayollar:

1. Marjona Oqqo‘ziyeva (O‘zbekiston) – 09:16

2. Hayotxon Abdumannopova (O‘zbekiston) – 09:36

3. Mohizarbegim Avazjonova (O‘zbekiston) – 10:44

10 km, erkaklar:

1. Hasan Mirsoatov (O‘zbekiston) – 33:32

2. Aleksandr Salohuddinov (O‘zbekiston) – 33:36

3. Rahimjon Kelmanov (O‘zbekiston) – 33:49

Ayollar:

1. Azizaxon Mirzakbarova (O‘zbekiston) – 38:49

2. Darya Antropova (O‘zbekiston) – 35:50

3. Anastasiya Silchenkova (O‘zbekiston) – 39:46

Yarim marafon, erkaklar:

1. Rinat Axmadeev (Rossiya) – 1:03:22

2. Shohruh Davlatov (O‘zbekiston) – 1:04:22

3. Yevgeniy Fadeev (O‘zbekiston) – 1:06:47

Ayollar:

1. Mariya Korobitskaya (Qozog‘iston) – 1:12:53

2. Aynuska Kalil kizi (Qirg‘iziston) – 1:15:22

3. Mohinabonu Komilova (O‘zbekiston) – 1:23:04

Marafon, erkaklar:

1. Vladislav Primov (Belarus) – 2:18:39

2. Baxtiyor O‘tkirov (O‘zbekiston) – 2:23:30

3. Iliya Tyapkin (Qirg‘iziston) – 2:24:53

Ayollar:

1. Yekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) – 2:40:58

2. Shohsanam Xurramova (O‘zbekiston) – 2.44:30

3. Yelena Tolstix (Rossiya) – 2:49:30

Muhammad AMIN (surat), O‘zA