O‘zA avval xabar berganidek, futzal bo‘yicha Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi guruh bahslari ikkinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Iroq ustidan 4:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishib, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini naqd qilgan.

Bugun yigitlarimiz navbatdagi uchrashuvni Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi o‘tkazadi. Futzalchilarimizdan bu gal ham chiroydi o‘yin va natija kutib qolamiz.

O‘zA