Saudiya Arabistonida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi. Chempionatning o‘smirlar toifasidagi sablya bahslarida terma jamoamiz a’zolari bittadan oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Mazkur yo‘nalishdagi o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi so‘nggi hal qiluvchi final bahsida ikki nafar hamyurtimiz Sardor Abdukarimov va Alpamis Urakbayev chempionlik uchun jang qildi. O‘zbekcha finalda Sardor 15:14 hisobida g‘alaba qozondi va chempionga aylandi. Alpamis esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha qizlar o‘rtasida yarim finalgacha yetib borgan Nargiza Jaksibayeva bronza medali bilan taqdirlangan edi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA