FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida turon yakkakurashi bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqada ishtirok etish uchun respublikamizning barcha hududlaridan jami 600 nafar (155 nafari qizlar) sportchi tashrif buyurdi.
Chempionat ochilish marosimi viloyat sport boshqarmasi va federatsiya tomonidan tantanali tarzda tashkil etildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA