2019-yilda mutaxassislar noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli kelib chiqqan yurak- qon tomir kasalliklari oqibatida o‘lim darajasi bo‘yicha davlatlar reytingini tuzgan. Bu haqida Britaniyaning Daily Mail nashri ma’lum qilgan edi.

Achinarlisi, ushbu reytingda noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida o‘lim ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan davlat O‘zbekiston ekanligi bildirilgan. Mamlakatda 100 ming aholidan 394 kishi taomlanishdagi zararli odatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

“Salomat bo‘ling” dasturining bu galgi mehmoni, TTA Bolalar va o‘smirlar ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi dotsenti, Tibbiyot fanlari doktori — Dilafruz Abdullayeva to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga amal qilmaslik inson salomatligi bilan bog‘liq qanday muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar batafsil videoda

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA