Yana besh hududda qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha aholi uchun 4 032 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun 72 240 so‘m (QQS bilan) to‘lov miqdori belgilandi.
Jizzax viloyatining jami 13 ta shahar va tumanida aholi uchun 1 kishiga oylik 6 000 so‘m hamda yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun (QQSsiz) 60 000 so‘m va 1 tonna uchun (QQSsiz) 135 420 so‘m to‘lov miqdori etib belgilanishi ma’qullandi.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha aholi uchun 4 000 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun (QQS bilan) 81 ming so‘m to‘lov miqdori belgilandi.
Surxondaryo viloyatining jami 15 ta shahar va tumanida aholi uchun 1 kishiga oylik 4 500 so‘m hamda yuridik shaxslarga esa 1 m³ uchun (QQSsiz) 70 000 so‘m to‘lov tariflari miqdori tasdiqlandi. Qarshi shahri bo‘yicha aholi uchun 6 160 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun (QQS bilan) 89 600 so‘m to‘lov miqdori joriy etildi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA