Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari dastlabki medalni qo‘lga kiritdi.
“Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilib, shohsupaga ko‘tarilgan Fernanda Errera yoshlar o‘rtasida dunyo birinchiligining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Jahon chempionatining saralash bosqichida Fernanda Errera Yaponiya, Italiya, Xitoy, Vengriya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim finalda Xitoy terma jamoasi a’zosi Simao Pan bilan kuch sinashib, bronza medali bilan taqdirlandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA