Dushanbedagi “Qasri Millat” qarorgohida davlat tashrifi bilan Tojikistonga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar. Birgalikda suratga tushildi.

Ayni paytda davlat rahbarlari ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazmoqda.